Qoidalar:
Geektv jamoasi ushbu qoidalarni diqqat bilan o‘qib chiqishingizni qat’iy tavsiya qiladi. Bu sizdan atigi 5 daqiqa vaqt oladi, lekin buning evaziga siz platformadan to‘liq, xavfsiz va yoqimli tarzda foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
- 1. Ushbu qoidalar Geektv platformasida ro'yxatdan o'tgan barcha foydalanuvchilar uchun amal qiladi. Foydalanish shartlariga rozilikni belgilaganingizda, siz platformadan foydalanish shartlarini va qoidalarini to'liq tushunganingizni tasdiqlaysiz.
- 2. Foydalanuvchi shartlari va qoidalari bir vaqtning o'zida foydalanuvchilarning huquqlari hamdir.
- 3. Foydalanuvchi hisobini yaratishda o'z shaxsiy ma'lumotlarini to'g'ri va aniq kiritishi kerak.
- 4. Foydalanuvchilar o'z hisoblarini himoya qilish uchun kuchli parollarni tanlashlari kerak.
- 5. Foydalanuvchi parolni tiklash jarayonida faqat roʻyxatdan oʻtgan elektron manzilidan foydalanishi mumkin. Elektron manzilni unutmang, chunki u tizimda saqlanadi va parolni tiklash uchun zarur. "Unitilgan elektron manzil qayta tiklanmaydi va parolni tiklash uchun foydalanilmaydi."
- 6. Unitilgan elektron manzillar uchun platforma adminlari javobgar emas.
- 7. Har qanday nojo'ya faoliyat yoki platforma texnik muammolari haqida darhol "Texnik xizmat" dan xabar berilishi lozim.
- 8. Foydalanuvchilar platformada boshqa foydalanuvchilarni hurmat qilishlari kerak.
- 9. Har qanday noqonuniy yoki zararli faoliyat platformadan chetlatilishiga olib kelishi mumkin.
- 10. Foydalanuvchilar platformada joylashtirilgan reklamalarni spam sifatida qabul qilmasliklari kerak.
- 11. Agar foydalanuvchi 30 kun davomida obuna xizmatlaridan foydalanmasa, uning shaxsiy ma'lumotlari tizimdan butunlay o'chiriladi va keyinchalik tiklanmaydi.
- 12. Foydalanuvchi platformadagi meyoriy va huquqiy himoyalangan kontentlarni noqonuniy yo'l bilan tarqatmasliklari kerak.
- 13. Foydalanuvchilar platformada joylashtirilgan kontentlarni faqat platformada foydalanishi mumkin, lekin uni tijorat maqsadlarida ishlatish uchun platforma ma'muriyatidan ruxsat olishlari shart!
Diqqat:
Ushbu qoidalar platformada xavfsiz va qulay muhit yaratish uchun mo'ljallangan. Agar siz ushbu qoidalarni buzsangiz, platformadan chetlatilishingiz mumkin.
So'ngi yangilanish: 25/07/2025